
"Paxtakor" yana bir transferni e’lon qildi (Foto)
"Paxtakor" klubi ketganlar o‘rnini to‘ldirish bilan shug‘ullanmoqqda. "Sherlar" bu gal ham "Bunyodkor"dan futbolchi transfer qildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaning ma’lum qilishicha, o‘tgan mavsumni "Bunyodkor"da o‘tkazgan Avazbek O‘lmasaliev erkin agent sifatida "Paxtakor" safiga ko‘chib o‘tdi va ikki yillik kelishuv imzoladi.
Himoya va yarim himoyada o‘ynay oladigan Avazbek Superligada debyutini 17 yoshida "Neftchi" tarkibida nishonlagan. Superligada hozirga qadar "Neftchi", "Lokomotiv" va "Bunyodkor" safida 63 uchrashuvda 8 gol muallifiga aylangan.
Fikrlar