"Paxtakor" xorijlik murabbiy bilan iliq xayrlashdi (foto)

  • 24 yanvar, 2022, 17:00
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Paxtakor" sobiq bosh murabbiyi klubdagi faoliyati uchun barchaga minnatdorchilik bildirdi.

Tecno

"Sherlar" bilan shartnomasi yakunlangani sababli sobiq bosh murabbiy Piter Xyuistra bilan hamkorlik to‘xtatilgandi. Bugun niderlandiyalik mutaxassis klub ofisiga tashrif buyurib, jamoada olib borgan 4,5 yillik faoliyati uchun barchaga minnatdorchilik bildirdi.

Klubda barchaning birdek jipslashgani, muhit xuddi oiladek bo‘lgani tufayli natijalar yuqori bo‘lganini e’tirof etdi. O‘z navbatida, rahbariyat ham Xyuistraga "Paxtakor"dagi samarali faoliyati uchun rahmat aytib, unga o‘zbek milliy to‘ni va do‘ppisi esdalik uchun topshirdi.

photo_2022-01-24_16-20-27

"Paxtakor" klubi matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!