
"Paxtakor" tarixga kirdi
"Paxtakor" yurtimizdagi rekordlarni yangilashda davom etmoqda.
Shota Arveladze shogirdlari muddatidan avval Superliga g‘olibligini qo‘lga kiritdi. Ularning eng yaqin ta’qibchisi "Nasaf" Jizzaxda mag‘lubiyatga uchraganidan so‘ng, "sherlar" "Qo‘qon-1912" bilan uchrashuvning natijasidan qat’i nazar chempionlikka erishdi.
"Paxtakor" futbolchilari nechanchi marta chempionga aylandi?
"Paxtakor"ning barcha (13) chempionliklari
13-marta chempionga aylangan "Paxtakor" 5 tadan chempionlikka ega bo‘lgan "Neftchi" va "Bunyodkor"dan umumiy sovrinlar borasida yana bir qadamga uzoqlashdi. Hozirga qadar 1992, 1998, 2002, 2003, 2004, 2005, 2006, 2007, 2012, 2014, 2015 va 2019 yillarda "Paxtakor" O‘zbekiston chempionatida zafar quchgandi. Endi 2020 yilgi mavsum ham Superligadagi g‘alaba bilan tarixga kirdi. Shota Arveladze jamoasi Superligada ketma-ket ikki bor g‘oliblikni rasmiylashtirdi.
Fikrlar