
“Paxtakor" sotuvga qo‘yildi!
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 24 martdagi PQ-102-son qaroriga asosan futbol klublari xususiylashtirilishi belgilangan.
Osiyo Futbol Konfederatsiyasi tomonidan futbol klublarining bir davlat tashkiloti tasarrufida bo‘lishi sog‘lom raqobat muhitini yaratishga to‘sqinlik qilishi bildirilgan. Bugungi kunda, futbol klublari davlat tashkilotlari va davlat ishtirokidagi korxonalar tasarrufida qolib, umumiy benefitsiar sifatida davlat bo‘lib qolmoqda.
O‘z navbatida, ushbu holat xalqaro printsiplarga muvofiq hisoblanmaydi. Shunga ko‘ra, dastlab jozibadorligi yuqori bo‘lgan futbol klublarini xususiylashtirgan holda xususiy sektorning ulushini bosqichma-bosqich oshirish rejalashtirilgan.
Shunga ko‘ra, tegishli xususiylashtirish dasturlariga muvofiq, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (keyingi o‘rinlarda – Davaktiv agentligi) “Paxtakor futbol klubi” MChJning 100 foiz davlat ulushini (keyingi o‘rinlarda – Aktiv/Jamiyat) bo‘yicha ommaviy savdo jarayonlari boshlanganligini e’lon qiladi.
Davlat aktividan kelgusida foydalanish va sotib olishga qo‘yiladigan talablar:
- Futbol klubining faoliyatini saqlab qolish, rivojlantirish va xalqaro darajaga olib chiqish;
- Futbol klubi balansidagi barcha sport ob’ektlaridan, shu jumladan futbol maydonidan faqatgina sport faoliyati yo‘nalishlarida foydalanish;
- “Paxtakor” futbol klubi akademiyasi faoliyatini saqlab qolish va rivojlantirish.
Fikrlar