
"Paxtakor" sobiq futbolchisining egizagi vafot etdi
2022 yili "Paxtakor" klubida to‘p tepgan chernogoriyalik hujumchi Oliver Sharkichning egizagi Matiya Sharkich 26 yoshida olamdan o‘tdi.
Matiya Chernogoriya terma jamoasi a’zosi hisoblanar edi va yaqinda Belgiya bilan bo‘lib o‘tgan bahsda uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi, deb topilgandi. Shuningdek, Sharkich "Milluoll" o‘yinchisi edi. Posbon yakuniga etgan mavsumda 33 ta to‘qnashuvda maydonga tushgan.
Ma’lumot uchun, Oliver ayni paytda Chernogoriyaning "Dechich" jamoasida harakat qilmoqda.
Fikrlar