
"Paxtakor" shveytsariyalik hujumchi bilan shartnoma imzolagani e’lon qilindi (Foto)
Xabaringiz bor, Toshkentning "Paxtakor" klubi yangi mavsumga tayyorgarlik jarayonini BAAda davom ettirmoqda.
Turkiyaning hurriyet nashrida "Paxtakor" klubi bosh murabbiyi Shota Arveladze va shveytsariyalik hujumchi Eren Derdiyok bilan shartnoma imzolanayotgan paytdagi holat aks etgan rasm chop etildi. Ushbu sayt tomonlar rasmiy tarzda bitim tuzishgani borasida yozdi. Ammo hozircha klub matbuot xizmati bu haqda ma’lumot bergani yo‘q.
Ma’lumot o‘rnida, Eren Derdiyok faoliyati davomida "Bazel", "Bayer 04", "Xoffenxaym", "Galatasaroy" va boshqa klublar sharafini himoya qilgan.
Fikrlar
Хасад улсин)))
Хуш келибсан Эрен,Узбекистоннинг ЭНГ ЗУР клубига!