"Paxtakor" Rossiyaning ikki grand klubi bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi
"Paxtakor" bosh murabbiyi Shota Arveladze AGMKga qarshi bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston kubogi final uchrashuvidan (3:0) so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida jurnalistlarning savollariga javob berib o‘tdi.
Unda Shota "sherlar" Rossiyaning ikki grand klublari "Zenit" va "Spartak" bilan o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkazilishini ta’kidladi.
"Paxtakor"ning keyingi yilga rejalari aniq. Futbolchilar bilan shartnomalar tuzilgan, yig‘in uchun joy tanlangan. "Zenit" va "Spartak" Moskva kabi raqiblar bilan o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkaziladi. Akademiyaga doimgidek yaxshi e’tibor berish rejalashtirilgan. Rejalar va byudjetga egamiz. Chempionlar Ligasiga jiddiy hozirlik ko‘rish kerakligini barcha biladi", - dedi murabbiy.



Fikrlar