"Paxtakor" O‘zbekiston Kubogi doirasida "Aral"ni o‘z maydonida qabul qiladi

  • 17 iyun, 2024, 17:52
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Kubogining 1/8 finalidan o‘rin olgan "Aral" — "Paxtakor" uchrashuvi Toshkentda bo‘lib o‘tadi. Bu haqda har ikki jamoa o‘zaro kelishuvga erishdi va birgalikda Ligaga murojaat qildi. Avvalroq uchrashuv 6 iyul kuni bo‘lib o‘tishi e’lon qilingandi. 

Tecno

"Aral" jamoasi uy o‘yinlarini o‘tkazayotgan stadionda VAR texnikasidan foydalanish imkoniyati mavjud emas. Shuningdek, stadionda talab darajasidagi projektor yo‘q, iyul ob-havosi sun’iy maydonga ham o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Mazkur holat nafaqat "Paxtakor", balki "Aral" futbolchilari uchun ham noqulaylik keltirib chiqaradi. Shundan kelib chiqib, har ikki klub masalani o‘zaro hal qildi.

O‘zPFL matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!