
"Paxtakor" o‘rtoqlik o‘yinida qay tarzda g‘alaba qozondi? (Video)
"Paxtakor" yangi mavsumga tayyorgarlik bosqichida ilk nazorat bahsida "Yangier"ga qarshi maydonga tushdi.
31-daqiqada raqibdan to‘pni olib qo‘ygan Aziz Turg‘unboev darvozaning yuqori qismini aniq zarbasi bilan ishg‘ol qildi. Ikkinchi bo‘limda esa darvozabon bilan birga-bir chiqqan Diyor Xolmatov oradagi farqni oshirdi. Shu tariqa birinchi nazorat bellashuvida "sherlar" 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Quyida uchrashuvda kiritilgan gollarni tomosha qiling:
Fikrlar