
"Paxtakor" murabbiyi Piter Xyuistra jamoaning OChL guruh bosqichida qolib ketishiga nima sabab bo‘lgani haqida gapirdi
"Traktor" - "Paxtakor" o‘rtasidagi bellashuvdan so‘ng, toshkentliklar ustozi Piter Xyuistra o‘yin borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Murabbiyning fikricha, etakchilarning jamoani tark etishi guruhda qolib ketishga sabab bo‘lgan. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
- Natijadan xafamiz. Futbolchilar g‘alaba uchun oxirigacha kurashishdi. Vaziyatlar yaratishga urindik. Imkon qadar gol urishga harakat qildik, ammo bu samara bermadi. Raqib darvozaboni ajoyib seyv namoyish etdi. Endi so‘nggi o‘yinni yutishga intilamiz. Mavsum hali davom etadi, xatolardan xulosa chiqaramiz.
O‘tgan yili shakllangan jamoaga ega edik. Safimizni 4-5 nafar etakchi futbolchi tark etgani ta’sir ko‘rsatdi. Lekin yoshlar bilan yana yaxshi darajaga ko‘tarila olamiz. Iqtidorli yoshlarimiz tajriba to‘plashmoqda. Ularning mahorati o‘sib bormoqda. Biz bu qiyinchilikni engib o‘tishimiz kerak, ushbu jamoani yuqoriroq saviyaga olib chiqishimiz zarur. Biz o‘z falsafamizga mos, hujumkor futbol o‘ynayapmiz. Lekin ba’zi jihatlar borasida bog‘lamni yaxshilash lozim. Hozir ham bir necha bahsda g‘alabaga yaqinroq edik, - dedi Piter Xyuistra.
Fikrlar