
"Paxtakor" murabbiyi "Navbahor" ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
"Navbahor" - "Paxtakor" (1:2) o‘rtasidagi bahsdan so‘ng tashkil etilgan matbuot anjumanining birinchi qismida mehmonlar ustozi Piter Xyuistra ishtirok etdi.
- "Navbahor"ga qarshi o‘yinlar doim qiyin kechadi. Ko‘plab muxlislar qarshisida o‘ynash doim hissiyotlarga boy bo‘ladi. Maydon yomonligi uchun o‘z o‘yinimizni ko‘rsata olmadik. Shunga qaramasdan, bunga moslashishga harakat qildik. Birinchi bo‘limda yaxshi kombinatsiyadan so‘ng gol urdik. Ikkinchi taymda penalti evaziga g‘alaba qozondik. O‘sha payt men Sardor Rashidov yiqilganda penalti belgilanmaganiga biroz ajablandim. Chunki shu pallada qo‘pollik yaqqol bor edi.
Eren Derdiyok nega o‘ynamadi? Unda jarohat borligi uchun maydonga tushirilmadi.
To‘g‘ri, ko‘p xatoga yo‘l qo‘ydik. Ammo bunday maydonda o‘ynash oson emas. Umuman olganda, maydonni bahona qilmoqchi emasman...
Osiyo Chempionlar ligasida bunday xatolarga yo‘l qo‘ymaslikka harakat qilamiz. Bor e’tiborimizni OChLga qaratamiz. Chunki oldimizda kam vaqt qoldi, - dedi Piter Xyuistra.
Fikrlar
Майдон ёмон эмиша! Чичқоқ кўтга арпа баҳона