“Paxtakor” "muammoni" qanday qilib 3 ochkoga aylantirdi?

  • 23 aprel, 2023, 11:25
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

SPORTS.uz sayti jurnalisti Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jaev “Paxtakor” – OKMK o‘rtasidagi bahsdan so‘ng, o‘z telegram kanalida post qoldirdi. Uning aytishicha, bahs oldidan “sherlar” ustozi imkonsiz xolatda qolishiga qaramay, munosib echim topa olgani yakunda g‘alabani ta’minlagan.

Tecno

“OKMK ga qarshi o‘yin oldidan “Paxtakor” ancha murakkab vaziyatda qolgan edi. Doston Tursunovning yo‘qligi bois, Maksim Shatskix so‘nggi paytlarda qo‘llayotgan 3 ta markaziy himoyachiga asoslangan sxemadan voz kechishga majbur bo‘ldi.

Qo‘shimchasiga, tarkibda markaziy hujumchining yo‘qligi ham o‘z-o‘zidan murabbiyning qo‘lini anchagina “qisqa” qilib qo‘ygan edi. Yakunda, Shatskixdan ikkita yangi fishka ko‘rdik.

saitov

Vingerga aylangan Saitov va markaziy hujumchi ampluasida o‘zini sinab ko‘rgan Hamdamov borasida gap bormoqda. E’tiborlisi, bu echimlar o‘z so‘zini aytdi. Saitov ikkita assistni oz hisobiga yozgan bo‘lsa, Hamdamov OKMK markaziy himoyachilarini to‘liq band qilgan xolda Cheranni erkin, personal qo‘riqchisiz harakatlanishini ta’minladi. 

"Maks" o‘yin oldidan yuzaga kelgan kadr muammosiga nafaqat munosib echim topdi, balki tarkibdagi kamchiliklarni g‘alabaning asosiy faktoriga aylantirdi.”

Eslatib o‘tamzi, bahs nomimal mehmonlar – “Paxtakor”ning 1:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Natijada, amaldagi chempion ochkolar sonini 15 taga etkazib olib, “Neftchi” bilan birgalikda turnir jadvalining birinchi pog‘onasiga ko‘tarildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Шухрат Хусаинов
24/04/2023 12:11
Яшавор Макс хамиасини епиштирасан !!!
Кахрамонжон Сафаров
23/04/2023 15:55
ПАХТА ёки Шахцкий эмас с у д ь я ларга рахмат чемпионатни харомхур судьялар хал этишишига амин булдим УЗБЕКИСТОН чемпион (пахта-гузапоя)