
"Paxtakor" mavsumni boshqa libosda boshlaydi, keyin esa...
Yurtimizda yangi futbol mavsumi startiga ham tobora oz fursat qolmoqda. Superliga klublari esa birin-ketin o‘zlarining yangi mavsum uchun liboslarini namoyish qilmoqda.
Ammo "Paxtakor" mavsum startini boshqa libosda boshlaydi va keyinroq yana boshqa libosdan foydalanadi. O‘zbekiston Professional futbol ligasi matbuot xizmati ushbu holatni quyidagicha izohlagan:
"15 fevralga qadar Superliga klubi mavsumni qanday liboslarda o‘tkazishini Ligaga ma’lum qilishi lozim edi.
"Paxtakor" Adidas brendidan foydalanishni afzal bilgan. Biroq yangi dizayndagi formalar etib kelishi uchun biroz vaqt talab etiladi. Shundan kelib chiqib, "Paxtakor" mart oyida suratda keltirilgan liboslardan foydalanadi".
Eslatib o‘tamiz, "Paxtakor" Superliganing amaldagi g‘olibi hisoblanadi.
Fikrlar