
"Paxtakor" legionerga aylangan futbolchisi bilan xayrlashdi
Saytimiz orqali "Paxtakor" futbolchisi Odil Hamrobekov legionerga aylangani haqida xabar bergan edik.
BAAning "Shabab Al-Ahli" jamoasi safiga borib qo‘shilgan 25 yoshli futbolchi bilan "sherlar" matbuot xizmati xayrlashdi.
"Paxtakor" safida ikki mavsum o‘ynagan yarim himoyachi BAAning "Shabab Al-Ahli" jamoasiga ko‘chib o‘tdi. O‘tgan ikki yil mobaynida u "sherlar" safida 65 o‘yin o‘tkazib, bir gol muallifiga aylandi. Ikki martadan O‘zbekiston chempionati va kubogida g‘olib chiqdi, Liga Kubogida muvaffaqiyat qozondi.
Biz Odilga BAAdagi faoliyatida omad tilaymiz",-deyiladi klub xabarida.
Fikrlar