"Paxtakor" Ikrom Aliboev bilan shartnoma imzolash uchun jiddiy kurashyapti. Legionerimiz Superligaga qaytarmikin?

  • 17 yanvar, 2022, 00:12
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Paxtakor” klubi yangi bosh murabbiy qo‘li ostida mavsumga kirishganidan yaxshi xabardorsiz. Amaldagi chempion bu yil ham chempionlik kamarini o‘zida saqlab qolmoqchi.

Tecno

Hali oldinda Osiyo Chempionlar ligasi musobaqasi kutyapti. “Paxtakor” esa yangi murabbiy qo‘l ostida qanday jamoaga aylanishi juda qiziq. Buning uchun tarkibda iqtidorli yoshlar bilan birga tajribali o‘yinchilar ham zarur.

Shu maqsadda “Paxtakor” klubi O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Ikrom Aliboevni o‘z safida ko‘rishni juda xohlamoqda. Futbolchi o‘tgan mavsumni Janubiy Koreyaning “Tedjon Sitizen” klubida o‘tkazdi va yaqinda jamoasini tark etdi.

aliboev1_2

Hozirda erkin agentga aylangan yarim himoyachi uchun qator takliflar bor. “Paxtakor” esa Aliboevni ko‘ndirish uchun barcha choralarni ishga solmoqda. Bu borada klub sport direktori Ja’far Irismetov Ikrom bilan muzokaralar olib borilayotganini Sports.uz muxbiriga tasdiqladi. Yaqinda Aliboev bilan bog‘langanimizda yaqin vaqt ichida faoliyatini qaysi klubda davom ettirishi oydinlashishini aytgandi.

Demak, “Lokomotiv”, “Seul” va “Tedjon Sitizen” klublarida to‘p surgan Aliboevning yangi mavsumni qaysi klubda boshlashi tez orada hal qilinadi. Voqealar rivojini kuzatishda davom etamiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!