
"Paxtakor" hujumchisi aprelni o‘tkazib yuboradi
Toshkentning "Paxtakor" klubi forvardi Pshemislav Banashak Polshada jarrohlik stoliga yotdi. 25 yoshli futbolchining eski jarohati qaytalagani aytilmoqda.
U tiklanib olish uchun kamida 4 haftani maydon tashqarisida o‘tkazadi. Bu haqda SPORTS.uz jurnalisti Faxriddin Ro‘ziev xabar berdi.
Ma’lumot uchun, "sherlar" tarkibiga o‘tgan yilning yozida qo‘shilgan Banashak Superligada 8 uchrashuvda maydonga chiqib, o‘z hisobiga 3tadan gol va assist yozdirib qo‘ygan edi.
Fikrlar