"Paxtakor" Hamraliev bilan yangi shartnoma imzoladi

  • 24 dekabr, 2024, 18:25
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yurtimizning iqtidorli himoyachilaridan biri, Parij Olimpiadasi ishtirokchisi Muhammadqodir Hamraliev ham "Paxtakor" sharafini himoya qilishda davom etadi.

Tecno

Klub matbuot xizmatining xabariga qaraganda, 2026 yil oxirigacha mo‘ljallangan yangi shartnomaga imzo chekdi. U 2023 yilgi chempionlikka o‘zining munosib hissasini qo‘shgandi.

Muhammadqodir yakuniga etgan mavsumda "Paxtakor" tarkibida Superliga, OChL va Kubok bahslarida hammasi bo‘lib, 20 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 tadan gol urdi va golli uzatmani amalga oshirdi.

Eslatib o‘tamiz, undan avval "Paxtakor" Hojiakbar Alijonov bilan ham shartnoma uzaytirilganini e’lon qilgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!