"Paxtakor" futbolchisining ketishi aniq, faqat...

  • 22 avgust, 2021, 23:52
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Paxtakor” klubi himoyachisi Ibrohimxalil Yo‘ldoshevga Italiyaning “Jenoa” klubi taklif bilan chiqqani xususida xabar bergandik.

Tecno

Bu borada futbolchi Sports.uz saytiga intervyu ham bergandi. Hozircha ushbu o‘yinchining transferi rasman amalga oshgani yo‘q. “Paxtakor” klubi sport direktori Ja’far Irismetov Yo‘ldoshev masalasiga oydinlik kiritdi.

- Ibrohimxalil Yo‘ldoshevning ketishi aniq. Faqat qaysidir klubdan rasmiy xat kelmagunicha biror nima deyishim qiyin. Ammo ko‘proq Rossiya klubiga o‘tsa kerak, menimcha.

Qachonki, rasmiy xat kelishi bilan biz bu masalaga javob bera olamiz. Ungacha har xil gap-so‘zlar chiqyapti. “Jenoa”ga o‘tyapti, “Son”ga ketyapti va yana boshqa klublarni aytmoqdalar. Lekin ketishi aniq bo‘lgan, - dedi Irismetov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Ашуров Бахтийор
23/08/2021 06:42
Илаҳим омадини берсин.Амин!!!