"Paxtakor" futbolchisi "Nasaf" yig‘inida qatnashmoqda (Foto)

  • 13 yanvar, 2022, 13:31
  • Bekzod Isayev
  • 4
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, "Nasaf" yangi mavsumga tayyorgarlikni Qarshi shahrida olib bormoqda.

Tecno

O‘zbekiston MTJga taklif etilgan futbolchilarning o‘rnini to‘ldirish va yoshlarni sinovdan o‘tkazish maqsadida jamoa bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiev yoshlar jamoasi vakillarini mashg‘ulotlarga jalb etgan.

O‘tgan mavsumda Toshkentning "Paxtakor" safida to‘p tepgan Sharof Muhitdinov ham jamoa mashg‘ulotlariga kelib qo‘shilgan. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi. O‘z navbatida bir necha kun avval SPORTS.uz sayti orqali Sharof Muhitdinov "Nasaf"ga qaytayotgani borasida xabar bergandik.

"Ajdarlar" bugun yangi mavsumga tayyorgarlik doirasida Buxoroning "Buxoro" jamoasi bilan nazorat uchrashuvida maydonga tushadi. Bellashuv soat 14:00da "Geolog" stadionida bo‘lib o‘tadi.

photo_2022-01-12_16-26-29

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Rustam Aliqulov
13/01/2022 21:37
Paxtakor sinibdida rostdan!
. мансур
13/01/2022 15:52
Энди Аъзамов, Суюнов, Қувватов ва Сайфиевларни ҳам қуритиш керак, шунда Пахтакор ўз тарбияланувчилари билан жангавор жамоага айланади
Shavkat Hasanov
13/01/2022 21:29
Термага тушаман деб уз клубини ташлаб пойтахт клубларга утган футболчи мен учун бир тийинга киммат уйинчи хисобланади.
. мансур
13/01/2022 15:49
Пахтакордан битта текинтамоқ кетди, бу жуда соз