"Paxtakor" futbolchilari Respublika onkologiya markaziga tashrif buyurishdi

  • 31 may, 2022, 20:32
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Paxtakor" futbolchilari Respublika onkologiya markaziga tashrif buyurishdi

Tecno

"Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni"ga bag‘ishlab Respublika onkologiya markazi bolalar bo‘limida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Unda "Paxtakor" jamoasi futbolchilari Sherzod A’zamov va Ikrom Aliboev ishtirok etib, davolanayotgan bolalarni qo‘llab-quvvatlashdi. O‘yinchilar bolalarga klub tomonidan taqdim etilgan esdalik sovg‘alarini topshirib, ularga sog‘liq, kuch va iroda, baxt va omad tilashdi.

"Umid qilamizki, ushbu bolalar kasallikdan forig‘ bo‘lib, kelajakda oilalari va yurtimiz uchun fidoyi insonlarga aylanishadi", - deyiladi klub xabarida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!