
"Paxtakor" ertaga yangi futbolchilarini tanishtiradi
1 mart, seshanba kuni "Paxtakor" stadioni anjumanlar zalida jamoa safiga yangi kelib qo‘shilgan futbolchilar bilan tanishtirish marosimi bo‘lib o‘tadi.
Unda Kamen Xadjiev, Aleksey Larin, Oliver Sharkich, Mirjahon Mirahmadov, Ikrom Aliboev va Sardor Rashidov ishtirok etib, OAV savollariga javob qaytaradi. Shuningdek, klub rahbariyati ham anjumanda qatnashadi.
Marosim seshanba kuni soat 11:00da "Paxtakor" stadioni anjumanlar zalida boshlanadi.
Fikrlar