"Paxtakor" ertaga "Al Ayn"ga qarshi qanday libosda o‘ynashi ma’lum (Foto)
19 sentyabr kuni Chempionlar Ligasi 1-turidan o‘rin olgan "Paxtakor" - "Al Ayn" uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Bugun o‘yindan oldingi rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Unda jamoalar ertaga qanday rangdagi formalarda harakat qilishiga aniqlik kiritildi. Mezbonlar sariq libosda, mehmonlar esa oq futbolkada maydonga tushadi.

Eslatib o‘tamiz, bellashuv "Bunyodkor" stadionida o‘tkaziladi. Bahs 19:00ga belgilangan.



Fikrlar