"Paxtakor" Derdiyokdan qutulmoqchi...

  • 19 iyun, 2021, 18:54
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 4
  • Futbol
CHERY AUTO

“Paxtakor”da kim qancha daromad topishi endi barchaga ma’lum. Bu ma’lumotning keng ommaga e’lon qilinishi albatta hech kimni befarq qoldirmadi. Ayniqsa, klubning shveytsariyalik hujumchisi Eren Derdiyokning yillik maoshi 1,3 million evroni tashkil qilishiga deyarli barcha o‘z munosabatini bildiryapti.

Tecno

O‘tgan yili “Paxtakor”ga qo‘shilgan bu hujumchi hali o‘z so‘zini ayta olmagan. Ishonchni oqlay olmayotgan legionerning klubdan katta pul olayotgani turli gap-so‘zlarga sabab bo‘layotgani rost.

Yaqinda “Paxtakor” klubi sport direktori Ja’far Irismetov sports.uzga bergan intervyusida Derdiyokning transferi o‘zini oqlamagani haqida ochiq gapirgandi. Kuni kecha “Paxtakor” futbolchilarining maoshlari haqidagi ma’lumot e’lon qilingach, Eren Derdiyokning jamoadagi keyingi taqdiri borasida savollar tug‘ila boshladi.

derdiyok1

Ma’lumotlarga qaraganda, “Paxtakor” shveytsariyalik hujumchi bilan xayrlashmoqchi. Vaziyatga oydinlik kiritish uchun Ja’far Irismetovga yuzlanganimizda u shunday dedi: “Derdiyok bilan hali shartnoma bekor qilinmadi, ammo bu borada muzokaralar olib borilyapti. Uning kelajagi hali so‘roq ostida”.

Bundan chiqdi, kam gol urayotgan Derdiyok “Paxtakor”da o‘z manziliga etib kelayotganga o‘xshaydi. Voqealar rivojini kuzatishda davom etamiz.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Navbahor&Liverpul
19/06/2021 21:02
Shota degan gruzini tanlovimidi shu
&
⚽️FANAT M-YU⚽️
19/06/2021 19:44
Yo‘qotish kerak paxtakorda hech qachon hujum chizig‘ida muommo bo‘lmagan yana yoshlarni sinab ko‘rish kerak talantli yoshlar yetishib chiqmay qo‘ydi paxtakordan
Фаридун Камолов
19/06/2021 19:00
Bunj oylikka bitta zormasunnormalniy sostav bitta komanda chiqadi
Рустам Содиков
19/06/2021 23:41
Буни деб, утган мавсумда Сергеевнинг хам уйин тажрибаси камайиб кетганди. Дердийук ута муваффакиятсиз трансфер!