
"Paxtakor" Argentinada bo‘layotgan "kichik mundial" rekordchisi ekanini bilasizmi?
"Paxtakor" Argentinada davom etayotgan "jahon chempionati U-20" rekordchisi sanaladi. Kichik mundialda O‘zbekiston terma jamoasi sharafini himoya qilayotgan 8 nafar futbolchi "sherlar" a’zosi hisoblanadi.
Bu natija bilan faqat Yangi Zellandiyaning "Velington" jamoasi maqtana oladi. Jadval quyidagicha ko‘rinish olgan:
1. "Paxtakor" va "Vellington" 8 nafar.
2. "Real Espane" (Gonduras) va "Munisipal" (Gvatemala) 7 nafar.
3. "Independente" (Kolumbiya), LDU Kito (Ekvador) va "Xapoel" (Isroil) 6 nafar.
4. "Monako" (Frantsiya), "Jilina" (Slovakiya) "BA FK" (Fiji) 5 nafar.
Manba: "Paxtakor" PFK matbuot xizmati.
Fikrlar