
"Paxtakor" 6 futbolchisi bilan xayrlashdi
“Paxtakor” 6 nafar futbolchisi bilan xayrlashdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
"2024 yilgi mavsumga yoshargan tarkib bilan kirib kelayotgan jamoamizni aksar futbolchilar tark etdi. Biz ularga omad tilaymiz!", - deyiladi xabarda.
Azizbek Turg‘unboev - "Sivasspor", Odiljon Hamrobekov - "Navbahor", Farrux Sayfiev - "Navbahor", Hojimat Erkinov "Al-Vasl" va bundan tashqari Pshemislav Banashak hamda Metyu Stinvorden ham "sherlar"ni tark etdi.
Fikrlar