
"Paxtakor" 3 futbolchi bilan shartnoma imzoladi
PFL bosh direktorining sport ishlari bo‘yicha o‘rinbosari Diyor Imomxo‘jaev telegramdagi o‘zining sahifasida "Paxtakor" klubi uch nafar futbolchi bilan shartnomani uzaytirganini ma’lum qildi.
- "Paxtakor" shartnomasi yil so‘ngida yakuniga etadigan uch futbolchisi bilan navbatdagi kelishuvga erishdi va ular bilan shartnomalarni 2022 yilgi mavsum yakunigacha uzaytirdi: Farrux Sayfiev, Sherzod A’zamov, Eldor Suyunov, - deya xabar qoldirdi Diyor Imomxo‘jaev.
Fikrlar