
"Paxtakor" - "Lokomotiv" uchrashuviga oid qiziqarli ma’lumotlar
Superliga-2019ni "Paxtakor" jamoasi uyda Toshkent derbisi bilan boshlaydi. Birinchi turda "sherlar" "Lokomotiv"ga qarshi maydonga tushishadi. Ushbu jamoalar o‘rtasidagi to‘qnashuvlar oxirgi yilllarda chempionatimizdagi eng keskin o‘yinlarga aylanib ulgurdi.
Mavsumni Chempionlar Ligasida 4 uchrashuv bilan boshlagan Shota Arveladze shogirdlari endi Superligada ham muvaffaqiyatli yurish uchun bor kuchlarini berishga tayyor holatda turishibdi. "Paxtakor" matbuot xizmati ushbu o‘yinga oidi ma’lumotlarni taqdim etdi.
Chempionatlar doirasida klublar 30 bor to‘qnash kelishgan. "Sherlar" 17 bellashuvda zafar quchishgan, 6 o‘yinda "Lokomotiv" g‘olib chiqqan. 7 uchrashuvda qayd etilgan. “Paxtakor” 62 gol urib, darvozasidan 30 to‘p olib chiqqan.
O‘z maydonidagi o‘yinlarda “Paxtakor” 9 g‘alaba, 3 durang va 3 mag‘lubiyatni qayd etgan.
2006 yil “Paxtakor” o‘z maydonidagi uchrashuvda 7:1 hisobida zafar quchgan. Bu o‘zaro o‘yinlar tarixidagi eng yirik natija sanaladi.
Diskvalifikatsiya sababli Marat Bikmaev bellashuvni o‘tkazib yuboradi.
"Paxtakor" va "Lokomotiv" o‘rtasidagi uchrashuv 16 mart, shanba kuni "Paxtakor" stadionida soat 18:00da boshlanadi.
Fikrlar