
"Paxtakor" - "Lokomotiv": Derbi to‘purari kim ekanligini bilasizmi?
O‘zbekiston Superligasi 23-turidan o‘rin olgan bellashuvda "Paxtakor" va "Lokomotiv" jamoalari o‘zaro bahs olib boradi.
O‘zaro o‘yinlar to‘purari "Paxtakor"ning O‘zbekiston chempionatidagi to‘purarlaridan biri Anvar Soliev bo‘lib, u "Lokomotiv" darvozasini 10 marta ishg‘ol qilgan. Shuningdek, "sherlar" safida Dragan Cheran 6 gol urishga erishgan. Server Jeparov hisobida 5, Uche Ixeruome, Stanislav Andreev, Aleksandr Geynrix va Jaloliddin Masharipov hisobida 4tadan gol bor. Raqibdan Marat Bikmaev 5 gol urishga erishgan. Zayniddin Tojiev, Akmal Xolmatov va Temurxo‘ja Abduxoliqov derbilarda har ikki jamoa uchun to‘p kiritgan futbolchilar sanaladi.
"Lokomotiv" bilan o‘zaro o‘yinlar to‘purarlari
10 - Anvar Soliev
6 - Dragan Cheran
5 - Server Jeparov, Marat Bikmaev
4 - Uche Ixeruome, Stanislav Andreev, Aleksandr Geynrix, Jaloliddin Masharipov, Igor Sergeev.
"Paxtakor" klubi matbuot xizmati
Fikrlar