"Paxtakor" - "Dinamo" uchrashuvi prevyusi
Superliga 21-turida "Paxtakor" Toshkentda "Dinamo"ga qarshi maydonga tushadi. "Sherlar" matbuot xizmati ushbu bahs oldidan ikkala jamoa o‘rtasidagi shu kungacha qayd etilgan natijalarni keltirib o‘tdi.
Ushbu jamoalar mamlakat chempionatlari tarixida o‘zaro 51 uchrashuvda to‘qnash kelishgan. Unda "Paxtakor" 39 g‘alaba, 6 durang va 6 mag‘lubiyatni qayd etgan. Raqib darvozasiga 104 to‘p kiritilib, 27 gol o‘tkazib yuborilgan. Toshkentda o‘tkazilgan 25 uchrashuvning 23tasida "Paxtakor" zafar quchgan. Ikki bor esa Samarqand jamoasi ustun kelgan. O‘zaro o‘yinlarda "sherlar"ning eng yirik g‘alabasi 6:0 hisoblanadi.
"Paxtakor" va "Dinamo" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin 6 oktyabr, yakshanba kuni soat 14:00da "Jar" stadionida boshlanadi.



Fikrlar