
Paulo Dibala "Roma" safida A Seriya rekordini o‘rnatdi
"Roma" Italiya A Seriyasi 19-turidan o‘rin olgan "Spetsiya"ga qarshi bahsda 2:0 hisobida zafar quchdi.
Jamoaning argentinalik hujumchisi Paulo Dibala ushbu uchrashuvda ikkita golli uzatma muallifiga aylandi. Shu orqali u rimliklar tarkibida chempionatdagi debyut mavsumida "gol+pas" tizimi bo‘yicha 10 ochkoni eng tez qo‘lga kiritgan futbolchiga aylandi.
Paulo bu ishni 13 o‘yinda uddalagan. Mazkur statistika 2004/2005 yildan beri hisoblab kelinadi va ushbu vaqt oralig‘ida hech kim bunday natija qayd eta olmagandi.
Ayni paytda 29 yoshli Dibala hisobida 7 gol hamda 4 assist mavjud.
Fikrlar