
Pastore xitoyliklarning taklifini nima uchun rad etganini oshkor qildi
"Roma" klubining yarim himoyachisi Xaver Pastorega Xitoy klublari tomonidan jiddiy qiziqishlar bo‘lgandi.
Ammo futbolchi shartnoma muddati tugaguncha Rimni tark etish niyati yo‘qligini aytdi.
- “Roma” bilan shartnomamning amal qilish muddati tugashiga qadar yana uch yilni o‘tkazmoqchiman. O‘zimni boshqa jamoada ko‘rmayapman.
Ha, men uchun Xitoydan yaxshi takliflar keldi, ammo Italiyada qolishni afzal bildim. Bilasizmi, kuchli chempionatda raqobatlashishni va Chempionlar Ligasida o‘ynashni xohlayman.
Fikrlar