
Parti: Men bunday ishga qo‘l urmayman
"Arsenal" sobiq futbolchisi Tomas Parti zo‘rlash bo‘yicha ayblov asossiz ekanini ta’kidladi.
Hozirda Ispaniyaning "Vilyarreal" klubida to‘p tepayotgan Parti zo‘rlashda aybdor ekanini tan olmadi. Bu haqida Britaniyaning BBC nashri xabar bermoqda. Ilgari Qirollik prokuraturasi ganalik futbolchiga 5 ta zo‘rlash bo‘yicha ayblov qo‘ygan edi. Mazkur ayblovlar 2021 yildan 2022 yilgacha bo‘lgan davrda sodir bo‘lganligi haqida ariza bergan 3 ayolga tegishli xisoblanadi. Avgust oyi boshida futbolchi o‘ziga qo‘yilgan ayblovlar asossiz ekanligini aytgandi.
Ma’lumot uchun, Tomas Parti ushbu ayblovlar qo‘yilgan vaqtda Londonning "Arsenal" klubi futbolchisi sanalardi.
Fikrlar