
Parij. Nadal yarim finalda to‘xtadi, Zverev bugun titul uchun kortga chiqadi
Parij shahri "Masters" turkumiga kiruvchi turnirga mezbonlik qilmoqda.
Musobaqaning 1-tartib raqam ostida saralangan tennischisi Rafael Nadal final ostonasida germaniyalik Aleksandr Zverevga qarshi kortga chiqdi. 2 set davom etgan bahs nemis raketka ustasining 6:4, 7:5 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Endi Zverev hal qiluvchi bahsda rossiyalik Daniil Medvedevga qarshi harakat qiladi.
Fikrlar