Parij. Nadal qiyinchilik bilan chorak finalga chiqdi

  • 5 noyabr, 2020, 23:30
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Tennis
CHERY AUTO

Parij shahri "Masters" turkumiga kiruvchi turnirga mezbonlik qilmoqda.

Tecno

Musobaqaning birinchi raqamli raketka ustasi Rafael Nadal bugun navbatdagi o‘yinini o‘tkazdi. Avstraliyalik Jordan Tompsonga qarshi kortga chiqqan Nadal oson bo‘lmagan g‘alabani qo‘lga kiritdi. Setlarning dastlabkisini katta ustunlik bilan o‘z foydasiga hal qilgan ispan sportchisi keyingisida tay-brekda ter to‘kishga majbur bo‘ldi. Yakuniy hisob: 6:1, 7:6(7:3).

Endi Rafa chorak finalda hamyurti Pablo Karreno Busta bilan o‘zaro munosabatlarga oydinlik kiritib oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!