"Parij-2024". O‘zbekistonlik sportchilar bugungi ishtirokini yakunladi

  • 29 iyul, 2024, 14:09
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 3
  • Olimpizm
CHERY AUTO

"Parij-2024" Olimpiadasi davom etadi. Bugun (29 iyul) kuni o‘z ishtirokini o‘tkazgan sportchilarimizning natijalari bilan tanishing.

Tecno

Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Bahodir Jalolov ham Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlarida muvaffaqiyatli start oldi. +92 kg vazn toirfasida ilk jangini o‘tkazgan Jalolov norvegiyalik Omar Shihanni ishonchli tarzda mag‘lub etdi va keyingi bosqichga yo‘l oldi.

Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Ruslan Abdullaev ham Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlarida muvaffaqiyatli start oldi. -63,5 kg vazn toifasida ilk jangini o‘tkazgan Abdullaev meksikalik Migel Ramiresni musobaqadan chiqarib yubordi va chorak finalga yo‘l oldi. Endi u 1 avgust kuni yarim final yo‘llanmasi uchun ringga ko‘tariladi.

Ilya Sibirsev Olimpiya o‘yinlaridagi ishtirokini yakunladi.

Suzish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Ilya Sibirsev uchun Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlari nihoyasiga etdi. 800 metrga erkin usulda suzish dasturida qatnashgan atletimiz 7:56.67 daqiqa bilan marraga keldi. Afsuski, bu Sibirsevga ertaga o‘tadigan final yo‘llanmasi uchun kamlik qildi

Akademik eshkak eshuvchilarimiz o‘tish bosqichidagi ishtiroklarini yakunlashdi. Engil vaznli sportchilar ishtirokida kechgan bahsda Shahzod Nurmatov va Sobir Safaraliev juftligi o‘z guruhida 4-bo‘lib marraga etib keldi. Shu tariqda, yurtdoshlarimiz 31-iyul kuni C finalida startga chiqadigan bo‘lishdi.
 

Murodjon Yo‘ldoshev qozog‘istonlik dzyudochini mag‘lub etdi.

Dzyudo bo‘yicha jahon chempionati sovrindori Murodjon Yo‘ldoshev (-73 kg) Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlarida dastlabki g‘alabasiga erishdi. Qozog‘istonlik Daniyar Shamshaev bilan bellashgan yurtdoshimiz ajoyib harakatlari evaziga keyingi bosqichga yo‘l oldi. Endi u Jek Yonezuka (AQSh) va Adil Osmanov (Moldova) bahsining g‘olibi bilan bellashadi. Afsuski, Murodjon chorak finalda moldovalik raqibiga imknoniyatni boy berib qo‘ydi va ishtirokini shu erda yakunladi.

 

-57 kggacha bo‘lgan vaznda dzyudochi qizimiz Shukurjon Aminova Olimpiada kot d’Ivuarlik Dabonnega qarshi uchrashuvda g‘alaba qozondi va keyingi bosqichga yo‘l oldi. Keyingi bosqichda u gruziyalik Eteri Liparteliani bilan bellashadi. Afsuski, Shukurjon Aminova chorak finalda Gruziya vakilasiga vazare bahosi bilan mag‘lub bo‘ldi va ishtirokini shu erda yakunlashga majbur bo‘ldi.

-Zaynab Dayibekova birinchi davradagi jangini o‘tkazdi.

Afsuski, qilichbozimiz Zaynab Dayibekova ilk bosqichda ishtirokini yakunlasi. Tokio-2020 yozgi Olimpiya o‘yinlari sovrindori, janubiy koreyalik Yun Ji-Su bilan bellashgan hamyurtimiz 11:15 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.

Bugun qatnashgan sportchilarimiz bilan tanishing!

13:00: Shukurjon Aminova (dzyudo)

13:00: Murodjon Yo‘ldoshev  (dzyudo)

13:25: Zaynab Dayibekova (qilichbozlik)

13:40: Shahzod Nurmatov/Sobir Safaraliev(juftlikda akademik eshkak eshish)

14:30: Ilya Sibirtsov (suzish)

15:10: Ruslan Abdullaev(boks)

20:10: Bahodir Jalolov(boks)

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Спарк
29/07/2024 18:59
ФАКАТ ОМАД ОЛГА УЗБЕКИСТОН
&
Адхамжон Низомов
29/07/2024 14:33
Хаммаларига омад.
&
Bolelshik
29/07/2024 14:27
Bayroqdor yutqazdimi?