
"Parij-2024". Ilk bor o‘zbekistonlik sportchi Olimpiya o‘yinlarida nishon tomon o‘q uzdi, natija esa...
Olimpiya o‘yinlarida ilk bor o‘zbekistonlik kamonchi nishon tomon o‘q uzdi.
Ziyodaxon Abdusattorova 1-saralash bosqichidagi ishtirokini yakunladi. Kamonchimiz unda 649 ochko to‘plab, o‘zining eng yaxshi natijasini qayd etdi.
Endi yurtdoshimiz 3 iyul kuni 1/32 final bosqichidan medallar uchun kurashni boshlaydi. Unga mazkur davrada chexiyalik Marie Xorachkova raqiblik qiladi.
Fikrlar