“Parij-2024”: Engilmas kurashni Parijda afsonaga aylandi

  • 7 avgust, 2024, 09:28
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Olimpizm
CHERY AUTO

Parij Olimpidasidasining yunon-rum kurashi bahslarida barcha raqiblarining kuragini erga tekkizgan kubalik Mixain Lopes sport olamining afsonaviy chempioniga aylandi.

Tecno

Vazni 130 kilogrammgacha bo‘lgan kurashchilar bahsida ishtirok etgan Mixain Lopes Olimpiya o‘yinlari finalida Chili sharafini himoya qilgan asli kubalik sportchi Yasmani Akosta Fernandesni mag‘lub etdi.

Bu g‘alabadan so‘ng Mixain Lopes Olimpiya o‘yinlaridagi beshinchi oltin medalini qo‘lga kiritdi. U to‘rtyillikning eng nufuzli musobaqasida besh karra chempion bo‘lgan dunyodagi yagona kurash ustasidir.

Kubalik polvon 2008, 2012, 2016, 2020, 2024 yilgi Olimpiya o‘yinlari g‘olibligidan tashqari besh marotabadan jahon chempionati va Panamerika o‘yinlarida ham shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarilgan.

Yana bir qiziq fakt -  Mixainning akasi Mishel Lopes Nunes 2004 yili Afinada o‘tkazilgan Olimpiya o‘yinlarining boks musobaqalarida o‘ta og‘ir vazn toifasida bronza medalni qo‘lga kiritgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!