"Parij-2024". AQSh ayollar terma jamoasi basketbol turnirida g‘olib chiqqan holda o‘z delegatsiyasini peshqadamlikka olib chiqdi

  • 11 avgust, 2024, 20:47
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Olimpizm
CHERY AUTO

AQSh ayollar terma jamoasi 2024 yilgi Olimpiada o‘yinlarining final uchrashuvida Frantsiyani bir ochko farq bilan mag‘lub etdi.

Tecno

Bugun, 11 avgust kuni yozgi Olimpiada o‘yinlari doirasidagi ayollar basketboli turnirining final o‘yini Frantsiya va AQSh terma jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv 67:66 (15:9, 10:16, 20:18, 22:23) hisobida amerikalik basketbolchilar foydasiga hal bo‘ldi. Uchrashuv "Accor Arena" (Bersi) stadionida bo‘lib o‘tdi.

Amerika jamoasida eng sermahsul basketbolchi Aja Uilson bo‘ldi. U o‘yin davomida jamoasiga 21 ochko keltirdi.

Shu tariqa AQSh terma jamoasi Olimpiada basketbol turnirining oltin, frantsuz ayollari kumush va Avstraliya terma jamoasi bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!