
Paredes: Men PSJda qolaman va hech qaerga ketmayman
PSJ yarim himoyachisi Leandro Paredes o‘zining jamoadan ketishi borasida tarqalgan xabarlarni inkor etdi.
“Men Parijda qolaman. Bu erda o‘zimni yaxshi his qilyapman. Ketishim haqidagi gaplar? Men PSJda qolaman va hech qaerga ketmayman”, - deydi Paredes.
Eslatib o‘tamiz, argentinalik futbolchi parijliklar safiga joriy yilning yanvarida Sankt-Peterburgning “Zenit” klubidan ko‘chib o‘tgan edi.
Fikrlar