Paralimpiyachilarimiz Tokioda eng yaxshi natijani qayd etishmoqchi

  • 7 oktabr, 2019, 22:41
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Olimpizm
CHERY AUTO

Bundan 3 yil muqaddam Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida o‘tkazilgan Paralimpiya o‘yinlari O‘zbekiston terma jamoasi uchun qanchalik ulkan g‘alabalar bilan o‘tgani barchangizga ma’lum. O‘zbekiston Milliy Paralimpiya assotsiatsiyasi Tokioda o‘tajak musobaqada Riodagidan ham yuqori natijalar qayd etish niyatida. Bugun O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasida hisobot topshirgan Paralimpiya assotsiyasi rahbariyati bu masalaga alohida urg‘u berib o‘tishdi.

Tecno

Yig‘ilishda hisobotlarni MOQ prezidenti Rustam Shoabdurahmonov va vitse-prezident Azizjon Kamilov tingladi. Shuningdek, unda Paralimpiya assotsiatsiyasi rahbari Muxtorxon Tashxodjaev va boshqa mutasaddilar ham qatnashdi.

Uchrashuv davomida para-atletika, para-suzish, para-kanoe, para-taekvondo, pauerlifting, para-dzyudo kabi sport turlari bo‘yicha terma jamoamiz vakillarining Paralimpiya o‘yinlariga litsenziya olish rejasi, xalqaro va mahalliy o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari uchun ishlab chiqilgan rejalar, sport turlari bo‘yicha litsenziya qo‘lga kiritish tizimi atroflicha muhokama qilib chiqildi va bu borada tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Eslatib o‘tamiz, ayni paytda Tokio Paralimpiadasiga 7 nafar hamyurtimiz yo‘llanma qo‘lga kiritib ulgurgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!