
Paralimpiya. Para taekvondochilarimiz Manchester Gran-prisiga jo‘nab ketdi
Joriy yilning 17-21 oktyabr kunlari Angliyaning Manchester shahrida para taekvondo bo‘yicha Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlariga muhim reyting ochkolari beruvchi xalqaro Gran-pri bo‘lib o‘tadi. E’tiborlisi ushbu nufuzli musobaqada O‘zbekiston para taekvondo terma jamoasi a’zolari ham ishtirok etadi.
Quyida Manchesterga yo‘l olgan terma jamoamiz a’zolari bilan tanishib olishingiz mumkin:
Erkaklar
Asad Toshtemirov
Zuhriddin Toxirov
Sanjar Muxtorov
Qudrat Haydarov
Javohir Aliqulov
Ayollar
Guljanoy Naimova
Ziyoda Isoqova
Fikrlar