
Paralimpiya. Maqsad – malakali mutaxassislarni tayyorlash va ularni Paralimpiya sport turlariga yo‘naltirish
So‘nggi yillarda yurtimizda Paralimpiya sport turlari bo‘yicha malakali mutaxassislarni tayyorlashga katta e’tibor qaratilmoqda va bu borada qator ishlar amalga oshirib kelinmoqda.
Jumladan, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida joriy 2022/2023 o‘quv yilidan e’tiboran Paralimpiya fakulteti faoliyat boshladi. Hozirda mazkur fakultetda 130 nafar talaba tahsil olmoqda.
Bugun O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi mas’ul xodimlari Jismoniy tarbiya va sport universitetiga tashrif buyurib, Paralimpiya yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarga “Paralimpiya harakatini rivojlantirishda malakali mutaxassislarning o‘rni” mavzusida seminar o‘tkazdi.
Bundan tashqari, bitiruvchi talabalarni o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha para sport turlariga yo‘naltirish va kelajakda ish bilan ta’minlash masalalari ham muhokama qilindi.
Fikrlar