Paralimpiya. Haytmurod Sherqo‘ziev para kanoe bo‘yicha jahon chempionatida sovrindor bo‘ldi!

  • 6 avgust, 2022, 19:46
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Suv sporti
BEPUL PROPAN

Bundan biroz avval, 2 nafar hamyurtimiz Kanadaning Galifaks shahrida bo‘lib o‘tayotgan para kanoe bo‘yicha jahon chempionatining final bahslarida ishtirok etdi.

Jumladan, erkaklar o‘rtasida VL3 klassida bahs olib borgan Haytmurod Sherqo‘ziev 47,92 soniya natija bilan marraga 3-bo‘lib etib keldi va bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Shuningdek, ayollar o‘rtasida KL3 klassida startga chiqqan Shaxnoza Mirzaeva 48,29 soniya natija bilan 5-o‘rinni egalladi.

Eslatib o‘tamiz, kecha ayollar o‘rtasida VL3 klassida finalda ishtirok etgan Muxlisa Eshmirzaeva 1:06:34 daqiqa natija bilan marraga 6-bo‘lib etib kelgan bo‘lsa, erkaklar o‘rtasida KL3 klassida yana bir hamyurtimiz Hasan Qo‘ldoshev 43,44 soniya natija bilan 7-o‘rinni band etgan edi.

Shu tariqa o‘zbekistonlik sportchilar para kanoe bo‘yicha o‘tkazilgan jahon chempionatida o‘z ishtiroklarini yakunlashdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!