Paralimpiya. Fazza Gran-prisida umumjamoa hisobida 3-o‘rinni egalladik!

  • 2 mart, 2023, 10:06
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida para engil atletika bo‘yicha an’anaviy Fazza Gran-pri turniri o‘z yakuniga etdi.

Tecno

Musobaqaning so‘nggi kunida terma jamoamiz a’zolari 7 ta medalga sazovor bo‘lishdi.

Disk uloqtirish F57 (erkaklar)
Yorqinbek Odilov – oltin

Nayza uloqtirish F54 (ayollar)
Nurxon Qurbonova – oltin

Uzunlikka sakrash T11/12 (ayollar)
Asila Mirzayorova – oltin

Yadro uloqtirish F63 (erkaklar)
Muhammad Rixsimov – kumush

Uzunlikka sakrash T11/12 (ayollar)
Yoqutxon Xolbekova – kumush

100 m. yugurish T13 (erkaklar)
Doniyorjon Axmedov – bronza

Uzunlikka sakrash T12 (erkaklar)
Doniyor Saliev – bronza

Ahamiyatli jihati, F41 klassida yadro uloqtirish bo‘yicha bahslarda ishtirok etgan hamyurtimiz Kubaro Hakimova Osiyo rekordini yangiladi. Bundan tashqari, uzunlikka sakrash bahslarida Asila Mirzayorova, Yoqutxon Xolbekova hamda Izzat Turg‘unov ayni paytda jahon reytingidagi eng yaxshi natijalarni qayd etishdi.

Shu tariqa terma jamoamiz Fazza Gran-pri turnirida 9 ta oltin, 7 ta kumush va 10 ta bronza, jami 26 ta medal bilan umumjamoa hisobida Xitoy va Ukrainadan so‘ng 3-o‘rinni egalladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!