
Paralimpiya. Bobur Qo‘ziev dunyoning eng yaxshi murabbiyi deb topildi!
Xabar berganimizdek, o‘tgan haftada Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida para taekvondo bo‘yicha Gran-Pri turniri bo‘lib o‘tdi.
Yilning so‘nggi yirik musobaqasi yakunida eng yaxshilar ham e’tirof etildi. Quvonarlisi, para taekvondo bo‘yicha terma jamoamiz murabbiyi Bobur Qo‘ziev Butunjahon taekvondo federatsiyasi tomonidan 102 ta davlat orasida “Yilning eng yaxshi murabbiyi” nominatsiyasida g‘olib deb topildi va maxsus kubok bilan taqdirlandi.
Ta’kidlash kerakki, yakuniy 3 ta nomzod orasida hamyurtimizdan tashqari Braziliya va Meksika terma jamoalari murabbiylari ham joy olgan edi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston para taekvondo terma jamoasi a’zolari joriy 2022 yilda 10 ga yaqin nufuzli xalqaro musobaqalarda ishtirok etdi va ularda 12 ta oltin, 11 ta kumush va 15 ta bronza medallarini qo‘lga kiritishdi.
Fikrlar