Para taekvondochilarimiz Parijga yo‘l oldi
Frantsiya poytaxti Parij shahri 2-6 sentyabr kunlari para taekvondo bo‘yicha xalqaro Gran-priga mezbonlik qiladi. E’tiborlisi, ushbu musobaqa aynan 2024 yil shu shaharda o‘tkaziladigan XVII yozgi Paralimpiya o‘yinlariga muhim reyting ochkolarini taqdim etadi.
Bugun para taekvondo bo‘yicha terma jamoamiz a’zolari Parij Gran-prisida ishtirok etish uchun Frantsiyaga yo‘l oldi. Terma jamoamiz quyidagi tarkibda bahslarda ishtirok etadi:
Erkaklar
Toshtemirov Asad
Muxtorov Sanjar
Toxirov Zuxriddin
Xaydarov Qudrat
Aliqulov Javoxir
Ayollar
Isoqova Ziyoda
Naimova Guljanoy



Fikrlar