Para pauerlifting: Osiyo-Okeaniya ochiq chempionati yakunlandi

  • 21 iyun, 2022, 10:32
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Olimpizm
CHERY AUTO

Janubiy Koreyaning Pxyontxek shahrida para pauerlifting bo‘yicha bo‘lib o‘tgan Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlariga muhim reyting ochkolari beruvchi Osiyo-Okeaniya ochiq chempionati o‘z yakuniga etdi.

Tecno

E’tiborlisi, vakillarimiz ushbu musobaqada 10 ta bronza, 10 ta kumush va 2 ta oltin, jami 22 ta medalga sazovor bo‘ldi. Qit’amizning 26 ta davlatidan 300 ga yaqin sportchi ishtirok etgan Osiyo-Okeaniya ochiq chempionatida terma jamoamiz umumjamoa hisobida Xitoy va Erondan so‘ng 3-o‘rinni egalladi.

Nufuzli musobaqada muvaffaqiyatli ishtirok etgan para pauerliftingchilarimiz 22 iyun kuni yurtimizga qaytib kelishadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!