
Para pauerlifting: Jamoaviy bahslarda hamyurtlarimizga teng keladigani topilmadi
Bugun Janubiy Koreyaning Pxyontxek shahrida para pauerlifting bo‘yicha bo‘lib o‘tayotgan Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlariga muhim reyting ochkolari beruvchi Osiyo-Okeaniya ochiq chempionatining jamoaviy (MIX) bahslari o‘tkazildi.
O‘zbekiston ushbu bellashuvda 2 ta jamoa bilan ishtirok etdi. 1-jamoada Farhod Umrzoqov, Xusniddin Usmonov hamda Ro‘za Qo‘zieva, 2-jamoada esa Sanjar Olloberganov, Axror Bozorov hamda Qudratoy Toshpo‘latova yurtimiz sharafini himoya qildi.
E’tiborlisi, MIX bahslarida ishtirok etgan ikkala jamoamiz ham sovrindorlar safidan joy oldi. Jumladan, 1-jamoamiz oltin, 2-jamoamiz kumush medalga sazovor bo‘ldi. Bronza esa Tailand jamoasiga nasib etdi.
Fikrlar