Para engil atletikachimiz bronza medalini qo‘lga kiritdi
Para engil atletika bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Nataliya Semyonova Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyodda o‘tkazilayotgan VI Islom birdamligi o‘yinlarida sovrindor bo‘ldi.
F55/56 toifasidagi nayza uloqtirish bellashuvlarida ishtirok etgan yurtdoshimiz 16.88. m natija bilan delegatsiyamiz hisobiga bronza medalini taqdim etdi.
Oltin: Motahiyan Hashemie (Eron) - 22.45
Kumush: Moradi Zeynab (Eron) - 21.98
Bronza: Nataliya Semyonova (O‘zbekiston) - 16.88.
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi xabar bermoqda.



Fikrlar