
Para dzyudochilarimiz Tbilisi Gran-prisida ishtirok etadi
Joriy yilning 18-19 may kunlari Gruziya poytaxti Tbilisi shahrida para dzyudo bo‘yicha xalqaro Gran-pri turniri bo‘lib o‘tadi. Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlari litsenziyasi uchun muhim reyting ochkolari beruvchi ushbu nufuzli musobaqada ishtirok etuvchi O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari bugun Gruziyaga jo‘nab ketdi.
Tbilisi Gran-prisida ishtirok etishi rejalashtirilgan para dzyudochilarimiz:
Erkaklar
Shoxrux Mamedov
Turg‘un Abdiev
Sherzod Namozov
Kemran Nurillaev
Feruz Saidov
Uchqun Quronboev
Dovurxon Karomatov
Ayollar
Xosiyat Poziljonova
Uljon Amrieva
Feruza Ergasheva
Lobar Hurramova
Kumush Xodjaeva
Munisa Madrimova
Mohinur Parmonova
Fikrlar